21 dek 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Errol Spens 3 ta kamar uchun jang qiladi
Yarim o'rta vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Errol Spens WBA yo'nalishi chempioni Yordenis Ugas bilan to'qnash keladi.
Bu haqida WBA prezidenti Gilberto Mendoza o'zining Tvitterdagi sahifasida malum qildi.
Spens va Ugas o'rtasidagi jang kelasi yilning fevral yoki mart oylarida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Spens so'nggi bor ringga 2020 yilning dekabr oyida chiqqan, o'shanda hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko'ra sobiq jahon chempioni Denni Garsiya ustidan g'alaba qozongan edi.
Ugas esa so'ngi janggida hakamlarning yakdil qarori bilan Pakyaoni mag'lub etib, WBA kamarini olib qo'ygandi. Bu jang filippinlik bokschi uchun 25 oy ichidagi birinchisi bo'lib, jangdan so'ng, Pakyao boksdagi kelajagi haqida o'ylab ko'rish kerakligini aytib o'tgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar