22 iyu 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Errol Spens faoliyatini yakunlamoqchi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC, IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Errol Spens WBO kamari sohibi Terens Kroufordga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
Bokschi so'nggi qarorini jangdan keyin qabul qiladi.
"Agar g'alaba qozonsam, menda boksdagi eng yaxshi xotiralardan biri qoladi va barchasi tugaydi. To'rtinchi sovrinni qabul qilganimdan keyin qo'lqoplarimni mixga ilishim mumkin. Agar buni istasam, albatta. Lekin hozir bor etiborim jangga qaratilgan.
Bu erga qandaydir sabablar bilan keldim. Men uchta sovringa ega yigitman va shu sababli bu jang o'tkaziladi", - dedi Spens "Boxing 247"ga bergan intervyusida.
Malumot uchun, yarimo'rta vazn toifasidagi mutlaq chempionligi uchun jang 29 iyul kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Boxing 247
Fikrlar