So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

27 fev 16:13
Yangiliklar

Dzyudo

Ertaga g'olib va sovrindor dzyudochilarimizni kutib olamiz!

Xabaringiz bor, dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Parij hamda Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turnirlarida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi.

Parij shahri mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada dunyoning 115 davlatidan eng sara dzyudochilar ishtirok etdi. -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Boltaboev kumush medal sohibiga aylangan bo'lsa, Hikmatulloh To'raev (-73 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Boltaboev 700, To'raev 500 reyting ochkosiga ham ega bo'ldi. SHarofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. Yarim final bellashuvida esa yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun keldi.  

Dyusseldorf turniri esa O'zbekiston dzyudosi uchun chinakamiga omadli keldi. Bir yo'la ikki sportchimiz o'z vazn toifasida chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) musobaqaning oltin medali va shu bilan birga 1000 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. Muvaffaqiyatli ishtirok sabab Bobonov 28-pog'onadan 17-o'ringa, Hurramov esa 21-o'rindan 15-pog'onaga ko'tarilib oldi.   

So'nggi bor bunday natija 2012 yilda kuzatilgandi. O'shanda Parij "Katta Dubulg'a" turnirida 2 ta, Moskva "Katta Dubulg'a" musobaqasida 3 ta oltin medal rasmiylashtirilgan edi. Parij tatamilarida Rishod Sobirov (-60 kg), Dilshod CHoriev (-90 kg) oltin, Ramziddin Saidov (-100 kg) va Abdulla Tangriev (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo'lgan. Moskvada esa Mirzohid Farmonov (-66 kg), Ramziddin Saidov (-100 kg) va Abdulla Tangriev (+100 kg) oltin, Navro'z Jo'raqobilov (-73 kg), Yahyo Imomov (-81 kg) kumush, Mirali SHaripov (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlangandi. 

Oradan 8 yil o'tib, dzyudochilarimiz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada 2 ta oltin medal qo'lga kiritishdi. Natijalarning ijobiy ko'rinish ola boshlaganida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda dzyudo federaciyasi rahbariyati olib borayotgan islohotlarning salmog'i katta bo'lmoqda deyish mumkin. 

Ertaga tonggi soat 05:15da Parij va Dyusseldorf turnirlarida zafar quchgan dzyudochilarimiz Istanbul - Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi tashkil etiladi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing