25 dek 14:14
Yangiliklar
Tadbirlar
Ertaga Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyatida o'zgarishlar yuz berishi kutilmoqda
Ertaga, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasining XVIII Bosh Assambleyasi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Unda 2018 yilda qo'mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti taqdim etiladi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik hususida malumot beriladi. SHuningdek, Assambleya davomida tashkilot rahbariyatida o'zgarishlar ro'y berishi, Ijroiya qo'mitaga yangi azolar saylanishi kutilmoqda. Demak, ertaga MOQ rahbariyatida o'zgarishlar yuz beradi.
SHu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari xodimlarini ushbu tadbirga taklif etamiz. Bosh Assambleya yig'ilishi 26 dekabr kuni soat 16:00 da Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida boshlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar