03 sen 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Moskvada WBC kamari uchun jang qiladigan bokschimiz taroziga chiqdi + FOTO
Xabar berganimizdek, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan istedodli yosh bokschimiz Ravshan Mahammadjonov ertaga yoshlar (23 yoshgacha bo'lgan bokschilar) o'rtasidagi WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Hozirgina ertangi boks oqshomi ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Markaziy jangda ringga chiquvchi 21 yoshli Mahammadjonov hamda uning ukrainalik 20 yashar raqibi Volodimir Gordienko belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Ravshan 69,350, Volodimir esa 69,550 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, Ravshan Mahammadjonov prof ringda 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Gordienko esa prof boksda o'tkazgan 9 ta jangining 8 tasida zafar quchgan. Uchta jangni nokaut bilan yakunlagan. Hisobida bitta mag'lubiyat bor. Ertangi chempionlik jangi Moskvadagi "Krilya Sovetov" sport saroyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar