19 okt 18:25
Yangiliklar
Ertaga sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati start oladi
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 75 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda. Bellashuvlarda o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etadilar.
Musobaqada quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
Erkin kurash:
-57 kg: Nodirjon Safarov
-61 kg: Abbos Rahmonov
-65 kg: Sirojiddin Hasanov
-70 kg: Ixtiyor Navro'zov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-79 kg: Rashid Qurbonov
-86 kg: Abdurasul Vahobov
-92 kg: Azizbek Soliev
-97 kg: Magomed Ibragimov
Murabbiylar: Olimjon Hikmatov, Adhamjon Ochilov, Muzaffar Abdurahmonov.
Yunon-rum kurashi:
-55 kg: Ilhom Bahromov
-60 kg: Feruz To'xtaev
-63 kg: Elmurat Tasmuradov
-67 kg: Mirzobek Rahmatov
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Bilan Nalgiev
-82 kg: Nurbek Hoshimbekov
-87 kg: Rustam Assakalov
Murabbiylar: Ravshan Ro'ziqulov, Asliddin Xudoyberdiev.
SHifokor: Elena Abaeva.
Musobaqaga ertaga start beriladi. Jahon chempionatining birinchi kunida Abbos Rahmonov, Bekzod Abdurahmonov, Abdurasul Vahobov kabi erkin kurashchilarimiz bahslarga kirishadilar.
Fikrlar