So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

08 mar 12:00
Yangiliklar

Tadbirlar

Ertaga “Yil sportchilari”ni taqdirlash tadbiri o'tkaziladi

Ertaga, 9 mart kuni Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida 2017 yilning eng yaxshi sportchilari, murabbiy va hakamlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Unda sportning texnik va amaliy turlari singari olimpiya oilasiga kiruvchi triatlon, o'q otish sport turlari bo'yicha ham o'tgan mavsumda mamlakat va xalqaro darajada o'tkazilgan qator nufuzli musobaqalarda munosib tarzda ishtirok etgan atletlar O'zbekiston mudofaasiga kumaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan taqdirlanadi.

- Mamlakatimiz sportchilarining nufuzli, xalqaro musobaqalarda, osiyo va jahon chempionatlarida yuqori natijaga erishgani, bu orqali ortidan millionlab yoshlarimizni sog'lom hayot sari etaklab, g'oliblik shohsupasida yurt bayrog'ini sarbaland qilgani hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. 

Jumladan, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan ham har yili “Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Yilning eng yaxshi hakami” kabi nominaciyalarda g'oliblar aniqlanib munosib taqdirlanishi yaxshi ananaga aylangan, - dedi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori o'rinbosari, kemamodel sporti bo'yicha ikki karra jahon chempioni SHavkat Ismatullaev.

Ommaviy axborot vositalari vakillari 9 mart kuni soat 11.00da boshlanadigan tadbirga taklif etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing