14 fev 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertangi jang oldidan Bektemir Meliqo'zievning raqibi o'zgardi
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev prof boksdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Avvalroq, hamyurtimiz meksikalik Marko Antonio Peribanga qarshi jang qilishi haqida xabar qilingandi. Biroq, jang uchun vazn tashlash jarayonida Peribanning sog'lig'i yomonlashgan, shu sababli u ertaga Bektemirga qarshi jang qila olmaydi.
Hamyurtimiz ertaga boshqa bir meksikalik bokschi - Oskar Kortesga qarshi ringga ko'tariladi. Raqibning statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Kortes shu kungacha prof boksda 32 ta jang o'tkazgan va ularning 27 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan (4 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, jang Toshkent vaqti bilan 15 fevral kuni ertalab o'tkaziladi. Bahs AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar