14 avg 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertangi SHohjahon Ergashevning "bolalari" oktagonga chiqishi kerak bo'lgan Moskvadagi MMA turniri bekor qilindi
Xabar berganimizdek, ertaga Rossiya Federaciya poytaxti Moskva shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha MMA turniri bo'lib o'tishi kerak edi.
Hozirgina Moskva shahridan saytimiz muxbiri Akbar Yusupovning xabar berishicha, poytaxt meriyasi ommaviy tadbirlarni o'tkazish uchun ruxsat bermagan. SHu sababdan ertangi MMA turniri ham bekor qilingan.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa doirasida professional bokschimiz SHohjahon Ergashevning "Shohjahon_Gym" zalida mashg'ulot o'tkazayotgan Doston Bozorov va Temur Saidov ham oktagonga chiqishi kerak edi. 22 yoshli Dostonning raqibi qirg'izistonlik 23 yoshli Tolkun Mamatov, 1998 yilda tavallud topgan Temur Saidovning raqibi esa qirg'izistonlik Kanbolot Aytibay uulu bo'lishi lozim edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar