11 mar 10:03
Yangiliklar
Eshkak eshish

Eshkak eshuvchi Anvar Klevleev Tailanddagi musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'ldi
Bu haqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
"Tailandning Pattaya shahrida slalomda eshkak eshish bo'yicha xalqaro musobaqalar bo'lib o'tmoqda. Ularda startga chiqqan O'zbekiston terma jamoasi azosi Anvar Klevleev oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi.
Kanoechimiz dastlab "Sea Open" musobaqasida kumush, so'ngra "Thailand Open" turnirida oltin medal sohibiga aylandi. Endi hamyurtlarimiz ushbu shaharda 12 martgacha tashkil etiladigan U-18 va U-23 yosh toifalaridagi qita birinchiliklarida ishtirok etishadi", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar