So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

13 mar 13:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Eslab qoling! UFCning yangi yulduzi - SHon O'Melli

Teglar :  O'MelliUFC
O'Melli ikki yillik tanaffusdan so'ng UFC 248 kechasida Xose Alberto Kinonesni qiyinchiliksiz nokaut qildi.

SHon 29 yoshli meksikalikni yosh bolani taslim etgandek mag'lub etdi.

Dana Uaytni hayratlantirgan, cingan oyog'i bilan raqibini mag'lub etgan

O`Melli 17 yoshida Xelen shahrida MMA bilan shug'ullanishni boshlagan. Uning murabbiyini bitta odati bor edi - sportchi klubda yarim yildan kam shug'ullangan bo'lsa, unga forma va taxallus bermagan. Olti oylik mashg'ulotlardan so'ng murabbiy uni SHugar yani “SHirintoy” deb atay boshlaydi. Nega deb so'raganida, murabbiy unga qarata: CHunki senga qarash yoqimli deb javob qaytaradi.

SHon 2015 yilda professional faoliyatini boshlaydi, 2017 yilda esa Dana Whiteʼs Contender Series kechasida Alfred Xashakyanni birinchi raunddayoq chuqur nokaut holatiga tushirib qo'ygan. O'Mellining harakatlari UFC prezidentiga maqul keldi va Dana u bilan shartnoma imzoladi. UFC rahbari SHoni tashkilotning bo'lajak yulduzi sifatida qarashni boshladi. 

Kinosesga qarshi jang “SHirintoy” uchun UFCdagi uchinchi jang hisoblanadi. SHon UFCdagi debyut jangini Terrion Ueyrga qarshi (2017 yil dekabr), ikkinchi jangini esa Andre Suxamtatga qarshi o'tkazib, ochkolar bo'yicha g'alaba qozongan. 

SHon Andrega qarshi kechgan bahsda singan oyog'i bilan harakat qiladi. Bu g'alabadan so'ng SHon UFC tarixidagi eng g'alati intervyulardan birini beradi, sababi u turolmay, yotgan holda savollarga javob beradi. “Men bu o'yinni yaxshi ko'raman”, - deb javob bergan Jo Roganga.

Model, geymer va nokautchi

O'zini har tomonlama reklama qilishi, unga UFCning eng taniqli jangchilari qatoriga kirishga sabab bo'lgan. “Instagram” sahifasida 500 mingdan ortiq obunachilari bor.

Nega u bunchalik yulduz?

1. U kelishgan. SHonning tashqi ko'rinishi jangchiga o'xshamaydi.

2. Zamonaviy. Uning qarashlariga bog'liq.

UFC ning texnik homiysi Reebok yosh amerikalikka shartnoma taklif qilgan. Uning ko'rinishi barchani o'ziga tortadi. SHu sababli ham ko'plab kompaniyalar u bilan shartnoma imzolashga urinadi.

3. U sportchilarga xos bo'lmagan hayot tarziga ega. SHon marixuana chekadi, buni esa bemalol ijtimoiy tarmoqlarga joylab boradi. Bu holat uchun Rossiyada qamaladi, AQSHda esa yo'q!

4. Uning janglarini tomosha qilish qiziqarli. Faqatgina chiroyli tatiurovkalar uchun emas, balki haqiqatdan ham yaxshi janglari uchun. SHon 2018 yilda Fox Sports kanalining “Punching Bag” ko'rsatuvida qatnashadi. Zarbasining kuchi 950 ballni tashkil qilgan, bu esa o'rta vazn sobiq chempionlari Tayron Vudli (944) va Maykl Bisping (942) zarbalaridan kuchliroq edi.

“Men hali o'zim istagandek inson bo'lishga tayyor emasman. Menimcha Konorning darajasiga chiqishim mumkin, balki undan ham yuqoriroq. Hozirgidanda ko'proq mashhur bo'lishni xohlayman”, - degan edi SHon ESPNga bergan intervyusida.

0,0000000001 gramm ostarin uchun chetlatilgan

O'Melli ikki yil chetlatish sababli oktagonga ko'tarilmadi. SHon 2018 yilning 6 oktyabrida UFC tarixiga tashkil etilgan eng kutilgan UFC 229 kechasida ishtirok etishi lozim edi. Jangga besh kun qolganida u kechada ishtirok etmaydigan bo'ldi. Sababi, uning organizmida taqiqlangan ostarin moddasi aniqlangan. 0,0000000001 gramm miqdorida topilgan taqiqlangan modda SHon uchun bir yarim yillik chetlatishni olib keldi. 

Jangchining so'zlariga ko'ra, u hech qachon ataylab taqiqlangan moddalarni istemol qilmagan. SHon UFC 239 kechasida Marlon Veroyga qarshi jang qilishi lozim edi, lekin uning qonidan yana taqiqlangan ostarin moddasi aniqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 mar 06:55:49
Tony ,,El Cucuy" Ferguson
Shon O' melli kuchli jangchi. Omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing