18 jan 09:38
Yangiliklar
ESPN bokschilarning P4P yangilangan reytingini elon qildi
Reyting ekspertlarning xulolasiga ko'ra tuzib chiqilgan: birinchi o'ringa qo'yilgan bokschilar 10, ikkinchi o'ringa joylashtirilgan 9 va hokazo ko'rinishda baholangan.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan superog'ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik reyting peshqadami bo'lib turibdi. Yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, rossiyalik Dmitriy Bivol kuchli uchlikka yakun yasagan.
ESPN talqini bo'yicha P4P reytingi. Top-10:
1. Aleksandr Usik (24-0).
2. Naoya Inoue (32-0).
3. Dmitriy Bivol (24-1).
4. Jessi Rodriges (23-0).
5. Artur Beterbiev (21-1).
6. Devid Benavides (31-0).
7. SHakur Stivenson (24-0).
8. Dzyunto Nakatani (32-0).
9. Devin Xeyni (33-0).
10. Teofimo Lopes (22-1).

Fikrlar