08 fev 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
ESPN’ning P4P reytingi yangilandi. Bivol endi Top-3’da emas!
Amerikaning nufuzli ESPN portali ayni paytda vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschilarining yangilangan reytingini elon qildi.
Reyting pasayib boruvchi tizim bo'yicha shakllantiriladi: ekspertlar birinchi o'ringa qo'ygan bokschi 10 ochko, ikkinchi o'ringa munosib ko'rilgani 9 ochko oladi va hokazo.
Ro'yxatni superog'ir vaznda jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik boshqarmoqda. Yaponiyalik Naoya Inoue ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Jessi Rodriges uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Dmitriy Bivol esa reytingda pastladi.
ESPN P4P Top-10 reytingi:
1. Aleksandr Usik (24-0).
2. Naoya Inoue (32-0).
3. Jessi Rodriges (23-0).
4. Dmitriy Bivol (24-1).
4. SHakur Stivenson (25-0).
6. Artur Beterbiev (21-1).
7. Devid Benavides (31-0).
8. Dzyunto Nakatani (32-0).
9. Devin Xeyni (33-0).
10. Saul Alvares (63-3-2).

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar