26 may 14:19
Yangiliklar
Dzyudo
European Cup 2024. Birinchi kunning o'zida 4 ta oltin, 2 ta kumush medal qo'lga kiritdik
Portugaliyaning Koimbra shahrida o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi European Cup 2024 turnirining birinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Dunyoning 23 davlatidan jami 539 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham muvaffaqiyatli qatnashishyapti. Birinchi kunning o'zida dzyudochilarimiz 4 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Finalga etib kelgan yigitlarning bari evropalik raqiblarini engib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Portugaliya zaminida 4 bor O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Oltin medal sohiblari:
-50 kg: Arturbek Ibodullaev
-55 kg: Dilshod Karimov
-60 kg: Muhammadjon Masharipov
-66 kg: Inoyat Telmanov
Kumush medal sohibalari:
-40 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Zuhra Alimova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar