02 dek 11:37
Yangiliklar
Evander Xolifild Mayk Taysonni jangga chorladi
"Biz jangni tashkil etishga harakat qildik. Ammo, doim qandaydir gap-so'zlar topilaverdi. Endi esa men bilan jang uchun unga tayyorgarlik jangi kerak bo'lganini tushundim. Roy Jons - mahalliy saviyadagi yaxshi raqib. Ammo menga qarshi jang jahon miqyosida bo'ladi. Muxlislar ko'rishni istayotgan yagona jang - bizning to'qnashuvimiz. Ushbu jangni tashkil etmaslik uchun sabab ko'rmayapman.
Boshqa bahonalar kerak emas. Bu jang bizning avlodlarimiz uchun ham bo'lishi kerak. Mayk, sen men bilan jangga tayyor ekanligingni aytding. SHartnomaga qo'l qo'y va ringga chiq. Dunyo buni kutmoqda, to'p sen tomonda. Men tayyorman", - dedi Xolifild.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'z vaqtida ikki marta jang o'tkazishgan va ularning har ikkalasida ham Xolifild g'alaba qozongan.
Fikrlar