13 apr 15:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Evloev Volkanovskiga: "Ko'ramiz, qanchalik so'zingda turar ekansan"
Yarimengil vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Movsar Evloev mazkur vazn toifasida bugun yana bir bor UFC chempioniga aylangan avstraliyalik Aleks Volkanovskiga murojaat qildi.
"Ajoyib chiqish bilan tabriklayman, sen haqiqiy chempionsan! Endi ko'ramiz, qanchalik so'zingda turar ekansan!", deb yozdi Evloev o'zining X (Twitter)dagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski bugun UFC 314 turniri doirasida Braziliya vakili Diego Lopesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, vakant bo'lib turgan chempionlik kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : x.com/MovsarUFC
Fikrlar