04 avg 14:19
Yangiliklar
Dzyudo
Evropada dzyudo restarti yana keyinroqqa surildi
Evropa qitasida dzyudo mavsumining restarti sentyabr oyiga mo'ljallangan edi.
Lekin koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat sabab mavsum restarti nomalum muddatga kechiktirildi. Aslida Evropa dzyudo Ittifoqi sentyabr oyidan musobaqalarni boshlashni rejalashtirgan edi.
Musobaqalar taqvimidan Bratislavada o'tishi kerak bo'lgan Evropa Ochiq Kubogi (12-13 sentyabr) hamda Buxarestdagi turnir (26-27 sentyabr) olib tashlangan. SHuningdek, 18-20 sentyabr kunlariga mo'ljallangan Zagreb Gran-prisi ham bekor qilingan. Yangi sanalar bo'yicha malumot berilmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar