So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

17 iyu 07:39
Yangiliklar

Futbol

Fabio Kannavaro: "Extiyotkorlik bilan o'ynaymiz"

Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirok etdi.

"Xayrli kech barchaga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz ertangi o'yinga tayyor.

Biz ushbu stadionga avval ham kelganman, bu erda Maradonna eng yorqin gollarini kiritgan. Biz ham ushbu tarixiy stadionda ilk o'yinimizni o'tkazayotganimizdan xursandmiz.

Husanov, albatta muhim himoyachilarimizdan biri, u hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada o'yinlar ko'rsatib kelmoqda.

O'ylaymanki, bu erda eng yaxshi fazilatlarimizni, o'zbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda o'z tajribamni ulashishga harkat qildim. CHunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman, hozir o'z tajribalarimni etkazib boryapman.


Men futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etganman, biroq murabbiy sifatida ishtirok etish baribir boshqacha. Futbolchi sifatida va murabbiy sifatida tayyorgarlik boshqa boshqa narsa. CHunki siz barcha futbolchilaringiz bilan gaplashishingiz kerak.

Bizni juda ham qiziq va shiddatli o'yinlar kutib turibdi. Raqiblarimiz ham yuqori darajadagi jamoalar. Biz ilk bor bu musobaqada ishtirok etyapmiz, ushbu musobaqaning har bir uchrashuvidan zavqlanishimiz va tajriba olishimiz kerak.

Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajada o'yin namoyish etadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Bu jamoalarga qarshi o'yinlarda extiyotkorlik bilan o'ynaymiz. Biroq Kolumbiyada nafaqat Xames, balki ko'plab yaxshi darajdagi futbolchilari bor.

Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar o'ynaydi. Biz ham o'z imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz.

O'FA akademiyalarga, infratuzilmalarga juda ham ko'p etibor qaratmoqda. Mamlakatda futbol rivojlanib boryapti. Bu O'zbekiston uchun ilk Jahon chempionati. Men O'zbekistonning ilk Jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishtirok etayotganimdan xursandman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing