01 noy 12:03
Yangiliklar
Karate
Face-to face'da raqibidan shapaloq egan SHohruh Xolmurodovning sobiq chempionga qarshi jangi muddatidan avval yakunlandi
Bugun tongda AQSHning Mayami shahrida jangovar karate bo'yicha Karate Combat 57 turniri o'tkazildi.
Turnirda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohruh Xolmurodov Liganing engil vazn toifasidagi sobiq chempioni, braziliyalik Luis Roxa bilan bahs olib bordi.
3 raundlik bahs to'liq davom etib, yakunda Roxa hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib deb topildi.
SHohruh Xolmurodov bungacha Karate Combat Ligasida ikkita jang o'tkazib, bittadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgandi. Roxa hisobida esa endi 7 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar