01 noy 14:51
Yangiliklar
"Sen kelmaguncha barchasi joyida edi". Maxachev savol bergan Xabib Nurmagomedovga kutilmagan javob qaytardi
Xabib Nurmagomedov joylashtirgan videoda Xabib va Islam suhbatlashgan.
Xabib Nurmagomedov: Islam, tayyorgarlik qanday ketyapti? Yangi narsalar bormi?
Islam Maxachev: Hammasi joyida edi, sen ikki kun oldin kelmaguncha (kuladi).
Xabib Nurmagomedov: Jiddiy javob ber.
Islam Maxachev: Endi mashqlardagi raqiblar og'irroq. Ilgari 83–84 kilogramm atrofidagi yigitlar bilan ishlaganman. Hozir esa Muxammad Berhamov kabi og'ir jangchilar bilan — u 91 kilogramm vaznga ega.
Xabib Nurmagomedov: Vazn tushirish qanday ketyapti?
Islam Maxachev: Bu haqda o'ylamayman ham (kuladi). Yarim o'rta vaznga o'tgach, hayot o'zgardi. Ilgari doimo “bu kecha qaerda nima eyman?” deb o'ylardim. Endi esa — farqi yo'q, — dedi Maxachev.
Fikrlar