01 noy 11:20
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarining navbatdagi mezboni bo'lmish Toshkentga OOK bayrog'i topshirildi
Kecha Bahraynda III Osiyo yoshlar o'yinlarining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbir davomidda Toshkent shahri 2029 yilgi IV Osiyo yoshlar o'yinlarini qabul qilishi rasman elon qilindi. Avvalroq, ushbu o'yinlar mezboni Kambodja musobaqani 2031 yilga surishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Marosimda Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimova, shuningdek, MOQ rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimiz nomidan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vice-prezidenti, O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov o'yinlarning kelgusi mezboni sifatida rasmiylardan OOKning bayrog'ini qabul qilib oldi.






















Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar