So’nggi yangiliklar

07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0

04 noy 10:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Fanat Qahramonov: Ikkinchi imkoniyatdan ham foydalana olmasam boksdan ketaman!

Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari qizg'in davom etmoqda.

-75 kg vaznda Jahon chempionati ishtirokchisi Fanat Qahramonov turnirdagi dastlabki jangini Andijon viloyati sharafini himoya qilayotgan Havasbek Asadullaevga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi. Biz jangdan so'ng bokschimizga siz uchun ham qiziq bo'lgan bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Iordaniyadagi licenzion turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz. Tanqidlar ruhiy holatinggizga salbiy tasir qilgan, albatta. Oradan shuncha vaqt o'tdi. Hozir ringga chiqqaningizda nimalarni his qildingiz?

- Licenzion turnir boshlanishiga uch kun qolganida meni aeroportdan qaytarishgandi. Qisqa muddat ichida ko'p vazn tashladim. SHunga qaramay, 4 ta jang o'tkazdim. Afsuski, yakunda Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kirita olmadim. Murabbiylarim menga ikkinchi bor imkoniyat berishmoqchi. Xudo xohlasa, bu safar barchaning ishonchini oqlayman. Agar ikkinchi imkoniyatdan ham foydalana olmasam, u holda boksdan ketaman.

- Raqibingizning darajasini ko'rdingiz. Har holda Jahon chempionati ishtirokchisisiz. O'zbekiston chempionatida munosib tarzda qatnasha olmasangiz, yana "tanqidlar yomg'iri" ostida qolishdan qo'rqmaysizmi?

- Qo'rqaman, juda ham qo'rqaman. Hozirgi raqibim kecha ham ringga ko'tarilgan. Bu bokschini ilk marta ko'rdim. Ochig'i, xayron qoldim. Anchadan buyon jang qilmaganligim tufayli birinchi bahsda qiynaldim. Kuzatib borsangiz keyingilarida chiroyli jang ko'rsataman.

- CHempionlik yo'lida kimlarni o'zingizga asosiy raqib deb hisoblaysiz?

- Barcha raqiblar kuchli. Ularning orasida favoritlar deya Odiljon Aslonov, yoshlar o'rtasida Jahon chempioni Akmal Qosimovni aytgan bo'lardim.

Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

   
04 noy 11:37:44
Elmurod
Bektemir Milliguziyev Termaga chaqirtirish kerak ..... bu Fannat deganlari yaxshi formada emas
   
04 noy 11:25:51
Ziyovuddin
To'ppa tog'ri Bektemirni jo'natish kerak, janglarimni kuzatsangiz emish birinchi jangda sudyalarni yordami bilan yutdi sal erkak bo'lishi kerak, agar yana shu boradigan bo'lsa boks ham fudbolimizga o'xshab qoladi ishonavering
   
04 noy 11:25:37
Ziyovuddin
To'ppa tog'ri Bektemirni jo'natish kerak, janglarimni kuzatsangiz emish birinchi jangda sudyalarni yordami bilan yutdi sal erkak bo'lishi kerak, agar yana shu boradigan bo'lsa boks ham fudbolimizga o'xshab qoladi ishonavering
   
04 noy 11:11:50
.Sherzod.
Agar Fanat boradigan bo‘lsa 75 kg da xatto yo‘llanmani xam umid qilmasakxam bo‘laveradi bu tayyor meshokku. agar murabbiyalarga medal kerak bo‘lsa profida qanaqa darajada bo‘lishidan qattiy nazar Bektemirni jalb qilishi kerak. Fanat eng katta sharmandali xato bo‘ladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing