31 iyu 21:52
Yangiliklar
Tokio-2020
Fares El-Bax Qatarning tarixiy natijasini qayd etdi
Qatar ilk oltin medalini og'ir atletika bahslarida qo'lga kiritdi.
Bugun og'ir atletika bo'yicha erkaklar o'rtasida -96 kggacha bo'lgan vaznda sovrindorlar nomiga aniqlik kiritildi. Unga ko'ra, Qatar vakili Fares El- Bax Olimpiada chempioniga aylandi. 23 yoshli atlet dast ko'tarishda 177 kg, siltab ko'tarishda 225 kg, ikki bahs yakuniga ko'ra 402 kg toshni o'ziga bo'ysundirib oltin medalga ega chiqdi hamda Olimpiada rekordini o'rnatdi.
Ikkinchi o'rin 387(177+210) kg bilan venesuellalik Keydomir Sanchesga nasib qildi. Gruziya vakili Anton Plesnoy 387(177+210) kg og'irlikdagi toshni ko'targan holda kuchli uchlikka yakun yasadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar