24 jan 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis

Fayziev Almatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki hamyurtimiz yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Istedodli tennischimiz birinchi davrada hindistonlik Vijay Sundar Prashantga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 44 daqiqa davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibini 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Yana bir tennischimiz Saidalo Saidkarimov esa turnirning ettinchi raketkasi chexiyalik Yan Mertiga 1:6, 6:7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar