So’nggi yangiliklar

18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0

09 apr 16:40
Yangiliklar

Futbol

Fayzullaev va boshqalar. Proligada 1-turning eng yaxshilari aniqlandi

Teglar :  ProligaG'azalkent
5-7 aprel kunlari O'zbekiston proligasida yangi mavsumning dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur goli - Komiljon Tojiddinov ("Metallurg")

Qayta tashkil etilgan "Metallurg" dastlabki turni safarda yangi tashkil etilgan "Yaypan"ga qarshi o'tkazdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida bekobodliklar yarim himoyachisi Komiljon Tojiddinov chamasi 20 metrlardan chap oyog'i bilan darvozaning yuqori burchagiga juda chiroyli gol urdi. Aynan shu gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng chiroyli goli deb topildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (2).jpg

Tur darvozaboni - SHohruh Eshbo'taev ("SHo'rtan")

O'tgan mavsum Superligadan tushib ketgan G'uzorning "SHo'rtan" klubi Proligani o'z uyida "Olimpik MobiUz"ga qarshi bahs bilan boshladi. Ikkala jamoa ham hujumkor o'yin namoyish etdi, ayniqsa mehmonlarda bir qator yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ammo olimpikchilarning hujumlari gol bilan tugashiga "SHo'rtan" posboni SHohruh Eshbo'taev bir necha bor qarshilik qildi. Yakunda g'uzorliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Bu ochkolar qo'lga kiritilishida katta rol o'ynagan SHohruh Eshbo'taev championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya.jpg

Tur murabbiyi - Zayniddin Tojiev ("G'azalkent")

Qayta tashkil etilgan "G'azalkent" klubi 26 yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston proligasida ishtirokini boshladi. O'z oldiga yosh futbolchilarga ko'proq o'yin amaliyoti berib, ularni xorij klublariga transfer qilishni maqsad qilib qo'ygan "G'azalkent" 1-turni o'z maydonida Buxoro davlat universitetining BuxDU klubiga qarshi o'tkazdi. "Bunyodkor" stadionida o'tgan bahsda Zayniddin Tojiev boshchiligidagi g'azalkentliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi va to'plar nisbatiga ko'ra musobaqa peshqadami bo'lib olishdi. Yosh futbolchilar bilan birinchi rasmiy o'yinda yirik g'alabaga erishgan Zayniddin Tojiev championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya.jpg

Tur futbolchisi - Muhammadyusuf Fayzullaev ("G'azalkent")

"G'azalkent"ning yirik g'alabasida jamoa hujumchisi Muhammadyusuf Fayzullaevning hissasi katta bo'ldi. 26-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni o'ng oyog'ida darvozaga yo'llagan bo'lsa, ikkinchi taymda yana o'ng qanotdan oshirilgan to'pni bu safar chap oyog'ida darvoza to'riga tushirdi. Ikkita gol urishdan tashqari Fayzullaev o'yin davomida sheriklarini ham bir necha bor qulay vaziyatlarga chiqarishga erishdi. Dastlabki turda dublga erishgan 18 yoshli Muhammadyusuf Fayzullaev championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing