10 apr 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36690_220.jpg)
Fazliddin 12 may kuni "Madison Square Garden"da kimga qarshi jang qilishi malum bo'ldi
Olimpiada chempioni, bugungi kunda AQSHda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi.
Murabbiy Abror Tursunpo'latovning OLAMSPORT.COM saytiga malum qilishicha, Fazliddin 12 may kuni meksikalik Jezus Silveyraga qarshi jang qiladi.
Malumot uchun, meksikalik bokschi professional faoliyati davomida 15ta jang o'tkazgan va ularning 8tasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut). Beshta jangda esa u mag'lbiyatga uchragan. Ikkita to'qnashuvda u raqiblarga imkoniyatni boy bergan. Fazliddin esa professional ringda uchta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (1ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, jang 12 may (Toshkent vaqti bilan 13 mayga tongda) kuni Nyu-Yorkdagi mashhur "Madison Square Garden"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar