19 fev 15:00
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi: "O'zbekistonga chempion sifatida qaytishga harakat qilamiz"
"Hali professional shartnoma imzolamadik. SHoshayotganimiz yo'q. Taklifni o'rganib chiqmoqdamiz. CHuni ayni paytda Oskar de la Xoyyaga tegishli promouterlik kompaniyasidan ham taklif bor. Bazi bokschilarga o'xshab yolg'onga aralashib qolmaslik uchun shoshilmayapmiz.
Ayni paytda qattiq ishlayapmiz. CHunki, orada katta tanaffus bo'ldi. Avval o'zimiz jang uchun tayyor bo'lib olishimiz lozim.
CHunki, tezroq yo'l orqali chempionlik jangiga harakat qilmoqchimiz.
Los-Anjelesda Aleksandr Lomachenko, Sergey Kovalyovlar bilan birga bitta zalda mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz.
Yangilik bo'lishi bilan bu borada xabar beramiz. Iloji bo'lsa O'zbekistonga chempion bo'lib qaytmoqchimiz. Jang o'tkazishimiz uchun esa promouterlik kompaniyasi bilan shartnomamiz bo'lishi lozim", - deydi Abror Tursunpo'latov.
Fikrlar