So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

20 sen 08:58
Yangiliklar

Tokio-2020

Federaciyalarga Tokio Olimpiadasiga licenziya olish bo'yicha maksimal vazifa yuklatildi

Joriy yilning 4 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

Unda Tokio Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik va soha rivoji bo'yicha tanqidiy fikrlar bildirilib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berilgan edi. Bugun MOQda ana shu majlisda ko'rsatilgan topshiriqlar ijrosini taminlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Uni Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov olib bordi.

Yig'ilishda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstraciyasi masul xodimi Asilbek Murtazoev, barcha federaciya va associaciyalar rahbariyati, Sog'liqni saqlash vazirligi vakili va OAV xodimlari ham ishtirok etdi.

Yig'ilishda MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha so'nggi ikki haftada ishlab chiqilgan tizim bo'yicha hisobot topshirdi. SHundan so'ng Rustam SHoabdurahmonov qilinadigan ishlar borasida atroflicha gapirib o'tdi.

O'tkazilgan videoselektorda haqiqatda o'rinli tanqidlar bildirildi. Bu bo'yicha ishni yanada jadallashtirishimiz kerak. Hozir Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan barcha sport turlariga qo'shimcha xodimlar biriktirildi. Ularning ishi federaciya va murabbiylarning faoliyatiga aralashmagan holda olib borilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini kuzatishdir. Ertalabdan sportchilar bilan birga bo'lib, kun davomida har birining holati, mashg'ulotlarga qanday yondoshayotgani, sog'lig'idagi o'zgarishlar bo'yicha hisobot topshiradi. Prezidentimiz sport tibbiyoti bo'yicha ham alohida ko'rsatma berganlar. Sportchilarimizning vitaminlarini, farmokologik vositalarini o'z vaqtida istemol qilinayotgani borasida ham nazorat bo'ladi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilish davomida har bir federaciyalarning Tokio Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritish bo'yicha maksimal harakat qilinishi, buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi kerakli sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekani bo'yicha ham to'xtalib o'tildi. MOQ rahbari yig'ilishni yurtboshimizning Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritiladigan medallar, avvalo, yoshlarimizga kerakligi, ular mana shu medallarga qarab akalariga, opalariga havas qilib, sport bilan shug'ullana boshlashlari haqidagi iqtiboslari bilan yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing