29 dek 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko: "Balki bu Yaponiyadagi oxirgi jangimdir, muxlislarimni xursand qila olganimdan shodman"
Rossiyalik MMAchi Fedor Emelyanenko Kuinton Jeksonga qarshi g'alabali jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun g'alaba qozonib, muxlislarimni xursand qila olganimdan shodman. Aynan shu erda, Yaponiyada men jangchi sifatida shakllanganman. Bu erda sizning mehringizni, hurmatingizni qozonganman. Afsuski, sportchilik faoliyatim yakuniga etib bormoqda. Balki bu Yaponiyadagi so'nggi jangimdir. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat", - dedi Emelyanenko.
Malumot uchun, Emelyanenkoning MMAdagi o'tkazgan janglari soni 46taga etdi. U 39 ta jangda g'alaba qozongan va 6 ta bahsda mag'lub bo'lgan. 1 ta jang bo'lib o'tmagan deb hisoblangan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar