31 jan 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Fedor Emelyanenko chempionlik jangini so'ragan
"Bellator" promouterlik kompaniyasi prezidenti Skott Kokerning aytishicha, rossiyalik MMAchi Fyodor Emelyanenko Bellator 273 turnirida Valentin Moldavskiyni mag'lub etsa, amerikalik Rayan Beyder bilan chempionlik jangini tashkil qilishni so'ragan.
"Biz uzoq vaqtdan beri Beyder-Kongo jangi ustida ishlayapmiz. Ular bir-ikki yil muqaddam jang qilishgan va ko'zlaridagi g'azab buni tushunishga imkon bermagan. Bizda rejamiz bor edi: kim g'alaba qozonsa, u Beyder yoki Moldavskiy bo'ladimi, keyingi jangda Kongo bilan jang qiladi. Rayanning Moldavskiy bilan jangidan oldin Fyodor, agar Valentinni mag'lub qilsa, Beyder bilan jang qilishni xohlayotganini aytdi. Lekin men g'olib CHeyk Kongo bilan Parijdagi turnirda jang qiladi, deb javob berdim. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz, bu biznesda hamma narsa tez o'zgarmoqda», - dedi Koker matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar