27 dek 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko faoliyatidagi so'nggi jangini qachon va qaerda o'tkazishi malum bo'ldi
MMA afsonasi Fedor Emelyanenko faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yilning oxirida Moskvada shahrida o'tkazadi.
Bu haqida "Bellator" rahbari Skott Koker malum qildi.
“Men Fedorning o'zi istaganidek ketishini istayman. SHu sababli, uning so'nggi jangini o'zi istaganidek kelasi yilning oxirida - Moskvada o'tkazamiz. Ungacha esa u 2020 yilning yoz yoki kuz faslida yana bir marta oktagonga ko'tariladi”,-dedi Koker.
Eslatib o'tamiz, «So'nggi Imperator» navbatdagi jangini 29 dekabr kuni Yaponiyada o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar