27 jan 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko faoliyatini yakunlaydimi? Murabbiy javob berdi
Fedor Emelyanenkoning murabbiyi Piter Teyssening aytishicha, rossiyalik sportchi Beyderga qarshi jangdagi mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini yakunlaydi.
"U chap xukni o'tkazib yubordi, Beyder yana davom ettirdi va referi jangni yakunladi.
Fedorning sog'lig'i joyida. Faqat ozgina qon yo'qotdi. Unga to'qqizta chok tushdi.
Men uchun bu Emelyanenkoning tarkibidagi so'nggi jang bo'ldi. Unga Gollandiyadayoq bu haqida aytgandim. Fedorning o'zi haqida gapiradigan bo'lsam, u ham faoliyatini yakunlaydi deb o'ylayman. Unda tizzasi, elkasi bilan bog'liq muammolar bor. U jangga 66 foiz tayyor edi", - dedi Teysse.
Havola :
Manba : Спорт-Экспресс
Fikrlar