11 avg 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko sekundant bo'ladi
Rossiyalik Bellator jangchisi Vadim Nemkov Rayan Beyderga qarshi jangida o'z burchagida kimlar bo'lishi haqida gapirdi.
"11 avgustda AQSHga yo'l olamiz. Fedor Emelyanenko ham biz bilan bo'ladi. Avvaliga biz 12, Fedor esa 18 avgustga borishimiz reja qilingandi. Lekin yakunda barchamiz birga uchadigan bo'ldik.
Mening burchagimda Fedor va akam Viktor bo'ladi", - dedi Nemkov.
Eslatib o'tamiz, Nemkov - Beyder jangi 22 avgust kuni Bellator 244 turniri doirasida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : Спорт-Экспресс
Fikrlar