21 avg 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko ukasining mag'lubiyatiga qanday munosabatda?
MMA afsonalaridan biri Fedor Emelyanenko ukasi Aleksandr Emelyanenkoning Magomed Ismailovga qarshi jangdagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Magomed o'zini eng yaxshi tomonini ko'rsata oldi. U Aleksandrga umuman imkoniyat qoldirmadi.
Aleksandr bo'shashmasligi va har bir jangga jiddiy qarashi lozim. O'zingga haddan ziyod ishonib yuborib, tayyorgarliklarda bo'shashsang, mag'lubiyatga tayyor bo'laver.
Bu Magomed Ismailov uchun o'zini tanitishga yaxshigina imkoniyat edi. U bunga qattiq tayyorlandi va oktagonda barchasini to'g'ri qildi. Xato qilmadi va chiroyli jang o'tkazdi", - dedi Fedor.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar