27 iyu 18:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko: Xabib o'z yo'lini tanladi
Rossiyalik MMA jangchisi Fedor Emelyanenko Xabib Nurmagomedovning ketish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Har bir jangchining o'z tanlovi, xohishlari, fikrlari bor. Jangchi nimani xohlasa, o'sha bo'ladi, muxlislar xohishi emas. Xabib o'z yo'lini tanladi, engilmas bo'lib ketishni istadi. U bundanda ko'prog'iga ega edi deydiganlar talaygina, ammo sportchining qarorini hurmat qilish lozim.
O'zimga kelsak, men barcha janglarimdan zavq olaman. Men yoshlar bilan ishlashdan, hali beri ularga yutqazmayotganimdan xursandman. Har bir jang oxirgisi bo'lishi mumkin bo'lgan yoshdaman. Balki o'z faoliyatimni tugatarman, balki yana davom ettirarman", - dedi Emelyanenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar