03 fev 18:18
Yangiliklar

Fedor Emelyanenko Xabibning jamoadagi faoliyatini tugatganiga munosabat bildirdi
«Mening jamoam bor - bu yigitlarni o'z oilamdek ko'raman. SHuning uchun hayot tarzim qay darajada o'zgarishiga qaramay, men doim ular bilan birga bo'laman, qo'limdan kelgancha yordam beraman. Butun hayotim sport bilan o'tgan, men o'zimni sportsiz tasavvur qila olmayman. Hozir ham men o'z tajribam bilan o'rtoqlashaman, bazi maslahatlar beraman. Boshqa ish, boshqa sevimli mashg'ulotlar bo'lsa ham, sport mening qonimga singib ketgan»
SHuningdek, Emelyanenko Nurmagomedovning jamoadagi faoliyatini tugatgani sabablarni tushunadi.
“Bu Xabibning qarori, bunda noodatiy yoki noqonuniy hech narsa yo'q. Bu uning shaxsiy tanlovi. Biz, sportchilar, sport tufayli oilamizdan shunchalik uzoqlashamizki, bazida siz hamma narsadan voz kechishni xohlaysiz, ayniqsa uyda kichkina farzandlaringiz kutayotgan bo'lsa".
Fikrlar