15 noy 10:12
Yangiliklar
FEI prezidenti Toshkentda o'tgan konkur bo'yicha xalqaro musobaqani etirof qildi
Unda tashkilotning 2024 yil yakuni bo'yicha hisoboti va 2025 yil uchun rejalari ko'rib chiqildi. Mazkur tadbirda yurtimiz nomidan O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev ishtirok etdi.
Xalqaro ot sporti federaciyasi prezidenti Ingmar De Vos yil davomida o'tgan tadbirlar haqida to'xtalar ekan, 21-27 oktyabr kunlari Toshkent mezbonlik qilgan “FEI Jumping World Challenge Final” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilgani haqida to'xtaldi. Tadbirda 2025 yilga belgilangan barcha musobaqalar taqvimi va tashkilot byudjeti ko'rib chiqildi.
Tadbir davomida Bahrom Gaziev bir qator milliy federaciyalar rahbarlari bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida suhbatlashdi. SHuningdek, FEI rahbariga esdalik sovg'asini topshirdi.
Fikrlar