30 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Konorga "vyzov" tashladi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Toni Fergyuson navbatdagi jangini Konor Makgregor yoki Dastin Porega qarshi o'tkazmoqchi.
“Konor va Pore ancha kuchli va tajribali jangchilar hisoblanishadi. Ularning har ikkisi ham Top-5 sportchilar sirasiga kiradi. Agar Konor jangga rozi bo'lsa, unga qarshi oktagonga ko'tarilishga tayyorman.
Men chapaqaylarga qarshi jang qilishni yoqtiraman. Kimni berishligini ahamiyati yo'q. Konor yoki Pore. Istagani bilan jang qilaman. Ulardan birini mag'lub etib, Xabib va Getji jangi g'olibiga qarshi bahs olib bormoqchiman”, - dedi Toni.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar