15 dek 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson mag'lubiyatidan so'ng ilk bor chiqish qildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Toni Fergyuson CHarlz Oliveyraga qarshi jangdan so'ng ilk bor fikr bildirdi.
“Oqlashga hech qanday sabab yo'q. Men himoyalanish o'rniga faqat zarbalarni qabul qildim. Mashg'ulotlar koronavirusdan avval bo'lganidek yaxshi kechmadi. Vaqt o'tmoqda, insonlar ham o'zgarmoqda. Janglarimda tajovuzkorlik ko'rinmadi. Bu meni aybim edi. Uni nokaut qilmoqchi edim, biroq o'xshamadi. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Tamom. Qo'limning ahvoli yaxshi, o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Mening faoliyatim hali yakunlanmadi. Hali faoliyatimni yakunlash niyatida emasman”,-dedi Toni.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar
Pooq bo'lardi manimca
Xurnatni borida