16 noy 16:15
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE ayollar o'rtasidagi jamoaviy Jahon chempionatiga qura tashlandi. O'zbekiston qaysi guruhdan joy oldi?
18-24 noyabr kunlari oralig'ida Ispaniyaning Linares shahrida shaxmat bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida Jahon chempionati o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi vakilalari ham ishtirok etishadi. FIDE musobaqa uchun qura tashlash natijalarini elon qildi.
Unga ko'ra, terma jamoamiz musobaqaning guruh bosqichida Xitoy, Gruziya, Ukraina, Franciya va Hindiston shaxmatchi qizlari bilan bahs olib borishadi.
A guruhida esa Rossiya, AQSH, Qozog'iston, Ozarbayjon, Ispaniya va Peru o'zaro bellashadi. Har bir guruhdan eng kuchli to'rttadan jamoa pley-off bosqichiga yo'l olishi belgilangan.

Havola :
Manba : chessgames
Fikrlar