So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

02 okt 13:45
Yangiliklar

SHaxmat

FIDEning yangi reytingi. Oktyabrda Qosimjonov 5 pog'ona pastladi

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) dunyo shaxmatchilarining yangi reytingini elon qildi.

Oktyabr oyi uchun chiqarilgan reytingda birinchi raqamli shaxmatchimiz Rustam Qosimjonov 49-pog'onada etirof etilgan. O'n ettinchi jahon chempioni sentyabr oyi reytingida 44-o'rinni band etgandi.

Dunyo shaxmatchilari reytingini hamon amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan rossiyalik Vladimir Kramnik va amerikalik Fabiano Karuanalar joy olishgan.  

Kuchli o'ntalik: Magnus Karlsen (Norvegiya) 2853, Vladimir Kramnik (Rossiya) 2817, Fabiano Karuana (AQSH) 2813, Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) 2811, Levon Aronyan (Armaniston) 2795, Uesli So 2794, Xikaru Nakamura (ikkisi ham AQSH) 2787, Vishvanatan Anand (Hindiston) 2776, Sergey Karyakin (Rossiya) 2772, Din Lijen (Xitoy) 2764.

Mamlakatimiz shaxmatchilarining kuchli o'ntaligida Rustam Qosimjonovdan so'ng grossmeysterlar – Anton Filippov 2592 (+10), Jahongir Vohidov 2576 (-7), Sergey Zagrebelniy (2485), Mixail Saltaev (2477), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev 2457 (+7), xalqaro master Temur Igonin 2457 (-9),  grossmeyster Aleksey Barsov (2441) va istedodli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboevlar (2435) joylashgan.

Ayol shaxmatchilar reytingida esa xitoylik Xou Ifan karvonboshilik qilyapti. Uning hamyurti Czyuy Venczyun ikkinchi o'rinni band etgan. Ukrainalik Anni Muzichuk esa uchinchi o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Nafisa Mo'minova o'tgan oy reytingiga nisbatan 24 pog'onaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.  


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing