11 jan 07:45
Yangiliklar
Figeredo Morenoga qarshi to'rtinchi jangdan so'ng boshqa vaznga o'tmoqchi
O'ta engil vazn toifasi (-57 kg)da UFC chempioni, braziliyalik Deyvison Figeredo (21-2-1) mazkur vaznning vaqtinchalik chempioni, meksikalik Brendon Moreno (20-6-2)ga qarshi to'rtinchi jangidan so'ng boshqa vaznga o'tish niyatida ekanini aytdi.
Figeredo - Moreno jangi 21 yanvar kuni Rio-de-Janeyro (Braziliya)da tashkil etiladigan UFC 283 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Moreno bilan jangni o'z vaznimda (o'ta engil) o'tkazmoqchiman, ammo eng engil vaznga o'tish niyatim bor. Men tez orada 35 yoshga to'laman va vazn yo'qotish tufayli tanamga bosim tushirishni xohlamayman", - dedi Figeredo UFC bilan bo'lgan intervyusida.
Malumot uchun, Figeredo va Moreno o'rtasidagi ilk jang durang bilan yakunlangan. Ikkinchi jangda esa Brendon Moreno g'alaba qozongan. Trilogiya Figeredoning g'alabasi bilan yakunlangan. Ushbu jangda Figeredo eng engil vazn chempionlik kamarini ham qaytarib olgan edi.
Fikrlar