21 sen 16:17
Yangiliklar
Figeredoning fikricha, Nurmagomedov titul jangiga loyiq emas
Figeredo hozirda faoliyatini eng engil vazn toifasida davom ettirmoqda. Umar Nurmagomedov mazkur vaznda kamar uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi.
Ammo Deyvison intervyularidan birida Umar Nurmagomedovni hozircha kuchli raqiblar bilan jang qilmaganlikda aybladi va uni titul uchun davogar emas dedi.
Figeredo Umarga kamar uchun jang qilishdan oldin sobiq chempion SHon O'Melli bilan jang qilishni ham taklif qilib o'tgan.
Eslatib o'tamiz, 15 sentyabr kuni o'tkazilgan UFC 306 turnirining markaziy jangida gruziyalik Merab Dvalishvili AQSH vakili SHon O'Melli ustidan g'alaba qozonib, eng engil vaznda UFC chempioniga aylangan edi. SHundan so'ng, u chempion sifatidagi ilk raqibi Deyvison Figeredo bo'lishi kerakligini aytgandi.
Fikrlar