11 fev 13:24
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
Figurali uchish. O'zbekiston terma jamoasi azolari qisqa dasturni birinchi o'rinda yakunladi
Xitoyning Xarbin shahrida Qishki Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Bugun musobaqada figurali uchish bo'yicha juftlik bahslari start oldi.
Bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dmitriy CHigirev va Ekaterina Geynish qisqa dasturdagi chiqishini amalga oshirdi va 64,55 ball to'pladi.
Bu borada ikkinchi o'rinni Yaponiya, uchinchi o'rinni esa KXDR vakillari egallashdi. Qayd etish lozimki, vakillarimiz katta farq bilan birinchi o'rinni band etishdi.
Endi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadigan erkin chiqish bahslaridan so'ng medallar taqdiri hal bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar