12 noy 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Finalda Saken Bibosinovni oson bo'lmagan jang kutmoqda" - Qozog'iston TJ murabbiyi
Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov Hasanboy Do'smatov va Saken Bibosinov o'rtasidagi final jangi haqida fikr bildirdi.
"Finalda Sakenni oson bo'lmagan jang kutmoqda. Yarim finaldagi yaponiyalik raqib ham qiyin edi, ko'p muammolar tug'dirdi, g'alaba qozonish uchun barcha yo'lni ishga soldi. Ammo Saken mahorat bobida ustunlik qildi. Finalda unda masuliyat yuqori. Hasanboy Do'smatov O'zbekiston umid qilayotgan bokschi, Olimpiada chempioni. U albatta JCHdagi mag'lubiyat uchun revansh olish payida bo'ladi. Men Do'smatovning kuchi va mahoratini juda yaxshi bilaman. Ahir u oldin Birjan Jakipov va Sakenga qarshi jang qilgan. Biz kerakli taktikani tanlaymiz. Qozog'istonlik muxlislarning ishonchini oqlash uchun barcha kuchni ishga solamiz", - dedi qozog'istonlik murabbiy.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar