01 mar 19:12
Yangiliklar
Qishki sport turlari
FIS ham rasman Rossiya va Belarus sportchilariga taqiq qo'ydi
Xalqaro chang'i sport turlari federaciyasi (FIS) ijroqo'mi Rossiya va belaruslik sportchilar bo'yicha yakuniy qarorini elon qildi.
Kutilganidek, bu ikki mamlakat sportchilari FIS bayrog'i ostida o'tkaziladigan barcha musobaqalardan rasman chetlatildi. Taqiq kamida yil oxirigacha amalda bo'ladi.
"Sportchilarning xavfsizligi hamda himoyasi uchun shunday qaror qabul qilishga majbur bo'ldik. Xalqaro olimpiya qo'mitasining tavsiyasini ko'rib chiqdik va o'z yakuniy qarorimizni elon qildik. O'ylaymizki, Ukrainadagi vaziyat tez kunlarda ijobiy echim topadi", — deyiladi FIS rasmiy bayonotida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar