16 fev 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Fiziev AQSH vizasini oldi, Dos Anosga qarshi jang o'tkaziladi + FOTO
Nihoyat, UFC reytingida 11-o'rinni egallab turgan Rafael Fiziev AQSH vizasini olishga muvaffaq bo'ldi.
Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi aynan viza sabab AQSHga o'z vaqtida uchib keta olmagan va buning natijasida 19 fevral kuni belgilangan jangi kechroq muddatga ko'chirilgan edi.
Endi Rafael Dos Anos - Rafael Fiziev jangi 5 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bu haqida "Ataman"ni o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"Yaxshi yangiliklar! Tez orada ko'rishamiz", - deya Tvitter sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Fiziev.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar