12 fev 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Fiziev - dos Anos jangi kechroq muddatga ko'chirildi
Qirg'izistonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev hamda braziliyalik Rafael dos Anos o'rtasidagi to'qnashuv belgilangan vaqtda o'tkazilmaydi.
Ushbu jang 19 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilishi kerak edi. Jangning belgilangan muddatda o'tkazilmasligiga Fizievning AQSH vizasini ololmagani sabab bo'ldi.
Bu UFC Vegas 48 turnirining markaziy jangi bo'lishi kerak edi. Katta ehtimol bilan Fiziev - dos Anos jangi 5 mart kuni UFC 272 turniri doirasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Fiziev so'nggi jangini UFC Vegas 44 turnirida Yangi Zelandiya vakili Bred Riddelga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgan edi. Dos Anos esa o'tgan yilning noyabrida amerikalik Pol Felderdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar