25 iyu 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Fiziev jangdan so'ng kasalxonada 5 soat navbat kutgani haqida gapirdi
Ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev promoushenni sportchilar haqida yanada ko'proq qayg'urishga chorladi.
Fiziev bunga Jastin Getji bilan jangdan so'ng yuzaga kelgan vaziyatni misol qilib keltirdi.
"Bu jangdan so'ng men Londondagi kasalxonaga bordim va besh soat navbatda turdim. Bu orada biz shunchaki shifokorning bo'shashi va mendagi jarohatlarni tikishini kutib o'tirdik. Besh soat bekor o'tirdim va kutdim. Yakunda biz charchadik va "jin ursin, ketdik mehmonxonaga" dedik. Keyme UFC doktoridan jarohatni berkitib qo'yishni so'radim. Lekin bu ertasi kuni yuvinganimda tushib ketdi.
Fikrimcha, ular jangdan so'ng sportchilar haqida qayg'urishlari kerak, ularga yordam kerak bo'lgan paytda besh soat kutib o'tirishmasin", - dedi Fiziev.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar