10 jan 11:18
Yangiliklar
Fiziev UFC'dagi eng yaxshi jangi qaysi bo'lganini aytdi
Engil vazn toifasi (- 70 kg)da ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael "Ataman" Fiziev (12-1, reytingda - 6) braziliyalik Rafael dos Anos (32-14, reytingda - 8)ga qarshi jangini UFC'dagi eng yaxshisi deb hisoblashini aytdi.
Ular o'rtasidagi mazkur jang o'tgan yilning iyul oyida Las-Vegas (AQSH)da bo'lib o'tgan edi. Mazkur jangda Fiziev muddatidan avval g'olib bo'lgan.
"UFC'dagi barcha janglarim ichida bunisi ko'proq yoqqan edi. CHunki bu jangda barcha rejalarimni bajargan edim. Bizda uning pressingiga yo'l qo'ymaslik, oktagon markazini ushlab turish kabi rejalarimiz bor edi. Umuman olganda, hammasi muvaffaqiyatli bo'ldi.
Besh raund davomida masofani yaxshi ushlab tura oldim, deyishdan qo'rqaman. Men o'zimni yaxshi his qildim. Men besh raund jang qilishga va boshidan oxirigacha pressing qilishga tayyor edim. Lekin hamma biladiki, tayyorgarlik har doim ham mukammal bo'lavermaydi. O'shanda hammasi yaxshi edi. Ammo keyin nima bo'lishini bilmagan edim", - dedi Rafael Captain Hardcore YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar